Angliyada Sara ismli ayol o‘ziga turmushga chiqdi
Bu qiziq
−
16 Oktabr 2023
22085Sara Uilkinson ismli 42 yoshli ayol o‘zi istagan turmush o‘rtog‘ini topa olmagach, o‘ziga o‘zi turmushga chiqdi. Bu haqda “India Times” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol o‘zi orzu qilgan to‘yni o‘tkazish uchun 20 yil pul yig‘gan. Ammo ko‘nglidagi insonni uchratmagach, Felikstou shahridagi Hosil uyida o‘zining tantanali to‘y marosimini o‘tkazdi.
Sara karantin payti 40 yoshga to‘lganida, ushbu to‘y g‘oyasini o‘ylab topgan va har doim orzu qilgan olmos ko‘zli uzukni sotib olishga qaror qiladi.
Sara Uilkinson kredit nazoratchisi bo‘lib ishlaydi. U ushbu muhim kunda sarflash uchun har oy pul tejagan va o‘zining daromadlarini jamg‘arib borgan. Nihoyat, 20 yildan so‘ng, u ushbu marosimga taxminan 12 ming dollar xarjladi.
To‘yda Saraning 40 nafar yaqin do‘stlari va oila a’zolari u bilan birga bo‘ldi. Shuningdek, qolgan mehmonlar ko‘chaning narigi tomonidagi tennis klubida kechki ziyofatga tashrif buyurgan.
Odatda to‘yda juftliklar bir-birini ardoqlash va sodiq qolishga qasam ichadi. Sara esa to‘yda va’da berish uchun o‘ziga 14 ta qasamyod yozgan.
Shuningdek, o‘ziga o‘zi turmushga chiqqaniga qaramay, Sara kelajakda boshqa ko‘ngliga yaqin insonni uchratish niyatidan qaytmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikaning San-Pedro-Uamelula shahri meri Viktor Gyugo Sosa “La Nina Princyesa” (“Malika qiz”) laqabli timsohga uylangandi.
LiveBarchasi