Angliya terma jamoasining bazasida katta o‘g‘rilik sodir etildi

Sport

image

Angliya terma jamoasi Jahon chempionati vaqtida noxush hodisaga duch keldi. Jamoaning mashg‘ulot jihozlarining katta qismi o‘g‘irlangan. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Yo‘qolgan buyumlar orasida jamoa yetakchilari Harri Keyn va Jud Bellingemning butsilari ham borligi aytilmoqda. Shuningdek, jamoa deyarli barcha mashg‘ulot to‘plarini yo‘qotgan, faqat bittasi qolgan.

Tomas Tuxel boshchiligidagi murabbiylar shtabiga tegishli taktik doskalar va boshqa jihozlar ham o‘g‘irlangani qayd etilmoqda, bu esa turnir o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonida qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari hodisa bo‘yicha tergov boshlagan. Angliya jamoasining jihozlarini tashishda ishtirok etgan haydovchilar gumondor sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Angliya futbol assotsiatsiyasi hozircha ushbu vaziyatga rasman izoh bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Angliya Harri Keyn Jud Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing