Angliya kubogi o‘yini vaqtida stadionda chiroqlar o‘chdi (video)
Sport
−
18 yanvar 2023
405918 yanvarga o‘tar kechasi Angliya kubogining 3-bosqich o‘yini bo‘lib o‘tdi. “Vulverxempton” klubi “Moline” stadionida “Liverpul”ni qabul qildi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 00:45 da yangradi. E’tiborlisi, o‘yinning dastlabki daqiqalarida stadionda chiroq o‘chib qoldi.
Bahsning 1-daqiqasi o‘tayotganda mezbonlar o‘ng qanotdan hujum tashkil qildi. To‘p “bo‘rilar” yetakchisi Adama Traoreda bo‘lib turgan bir vaqtda “Moline”da chiroqlar o‘chdi. Bahs bir fursat to‘xtab qoldi va “svet” yongandan keyin o‘yin hakamning qaroriga muvofiq erkin zarba bilan yana davom ettirildi.
Uchrashuvdagi yagona gol “mersisaydliklar” a’zosi Xarvi Elliot tomonidan kiritildi va “Liverpul” Elliotning goli evaziga turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, 21 yanvar kuni “Liverpul” Angliya Premer-ligasining 21-turida “Chelsi”ga qarshi bahs olib boradi. “Vulverxempton” esa 22 yanvarda “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushadi. 4 fevral kuni “Liverpul” va “Vulverxempton” APL doirasida o‘zaro yana to‘qnash keladi.