Angliya qiyinchilik bilan nimchorak finalga chiqdi
Sport
−
01 Iyul 4325 1 daqiqa
Bugun, 1 iyul kuni Angliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 finalida Kongo Demokratik Respublikasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Natijada inglizlar ham nimchorak final bosqichiga yo‘l oldi.
Uchrashuv AQSHning Jorjiya shtati, Atlanta shahrida bo‘lib o‘tdi. Kongo Demokratik Respublikasi safida esa Brayan Sipenga 7-daqiqada hisobni ochdi. Angliyaning g‘alabasiga Harri Keynning 75 va 86-daqiqalarda kiritgan gollari sabab bo‘ldi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Shu tariqa, Angliya 1/8 finalga yo‘l oldi va ushbu bosqichda Meksika terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv joriy yilning 6 iyul kuni Mexiko shahrida bo‘lib o‘tadi.
Malumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Musobaqa 19 iyul kunga qadar davom etadi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr