Android 12 ning chiqarilish sanasi ma’lum bo‘ldi 

Texnologiya

image

Android 12 joriy yil oktyabr oyining boshlarida chiqariladi. Bu haqda XDA Developers portali xabar bergan.

Portal jurnalisti Mishaal Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, Google operatsion tizimi ishlab chiqaruvchisi 4 oktyabr kuni 
Android 12 uchun manba kodini e’lon qiladi. Bundan avval, Android 11, Android 10 va Android 9 dan manba kodi e’lon qilingan kundanoq foydalanish mumkin bo‘lgan.

Shu bilan birga, Rahmonning ta’kidlashicha, Android 12 dastlab faqat Pixel smartfon egalari uchun mavjud bo‘ladi, oradan bir muncha vaqt o‘tgach esa, 
operatsion tizim boshqa ishlab chiqaruvchilar telefonlarida paydo bo‘ladi. 

Avvalroq, Android 12 ning beta-versiyasi “Maxsus imkoniyatlar” ilovasida smartfonni yuz ifodalari yordamida kontaktsiz boshqarish funksiyasi topilgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing