Android 12 Beta chiqmoqda. Unga yangi yorug‘lik funksiyasi qo‘shildi
Texnologiya
−
26 aprel 2021
6690Joriy yilning 26 aprel kuni Android 12 Developer Preview 3 ning so‘nggi beta-versiyasida Extra Dim deb nomlangan xususiyat topildi. Bu haqida “Droid-Life” mutaxassislari xabar bermoqda.
Extra Dim bungacha mavjud bo‘lgan “yorqinlikni kamaytirish” funksiyasi o‘rnini bosadi. U sizning ko‘zingizni himoya qilish uchun ekranning yorqin ranglarini susaytiradi. Bu past nurli sharoitda yoki hatto tunda, to‘liq zulmatda smartfon bilan ishlaydiganlar uchun foydalidir. Oldingi funksiya bilan solishtirganda, xiralashtirish funksiyasi sezilarli darajada yaxshilandi. Masalan, endi siz uni doimiy ravishda yoqishingiz mumkin va bu telefon o‘chib yoqilgandan keyin ham saqlanib qoladi.
Odatda bu funksiyani Sozlamalar – Maxsus imkoniyatlar – Extra Dim’ga o‘tish orqali topish mumkin. Shu bilan birga, Android tezkor sozlamalarining yuqori bildirishnoma paneliga slayder joylashtirilishi mumkin, bu sizga xiralashish darajasini tezda sozlash imkonini beradi. Qurilmadan foydalanish davomida atrofidagi yorug‘lik darajasi doimiy ravishda o‘zgarib tursa, bu foydalanuvchi juda foydali.
Extra Dim sinov bosqichida, ammo uning Android 12 versiyasida qolishi ehtimoli katta. Eslatib o‘tamiz, iOS shunga o‘xshash funksiyasi uzoq vaqt oldin ishga tushirilgandi. U ekranning yorqinligini xira qilish orqali yorqin ranglarning qizg‘inligini kamaytirishga imkon beradi.
Shoxsanam Doniyorova
LiveBarchasi
26 noyabr