Andreas Kristensenga kimlar da’vogarlik qilmoqda?

Sport

image

“Chelsi” himoyachisi Andreas Kristensen mavsum yakunlangach, klubni tark etishi mumkin. “Aristokratlar” uning xizmatlariga katta qiziqish bildirayotganiga qaramay, u londonliklar safidagi kelajagi haqida hali bir qarorga kelmagan, deb xabar beradi “Mundo Deportivo”.

Daniyalik futbolchiga "Bavariya" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda, "Chelsi" ham unga yangi  shartlarlar bilan shartnoma taklif qildi. Biroq futbolchi shartnoma shartlariga rozilik bildirganicha yo‘q.

"Barsa"ning Kristensenni qo‘lga kiritish umidiga ularning Erling Xolandga bo‘lgan qiziqishi to‘sqinlik qilishi mumkin, chunki  Xolandning transferi va ish haqi byudjetning katta qismini olib qo‘yadi.

Ma’lumot o‘rnida, daniyalik futbolchi joriy mavsum APLda 13 ta bahsda maydonga tushgan. Uning bozor bahosi 35 million yevroligi aytilmoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made