Andijonlik yigit 19 yoshida tug‘ilganlik haqida guvohnoma oldi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi Nurmuhammad To‘ychiyev 19 yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz xolasi qo‘ygan Nurmuhammad ismi bilan yashab kelgan. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nurmuhammad To‘ychiyev 2003 yil 10 avgust kuni tug‘ilgan, ammo ayrim sabablarga ko‘ra unga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berilmagan.

Yigitning xolasi Faridaxon Arabboyeva ko‘p marotaba mutassaddi tashkilotlarga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilgan. Biroq doim bir javob olgan. Bolani ota-onasi yo‘qligi, onasini vafot etganligi va yana boshqa vajlar bilan xolasi jiyaniga tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma ololmagan.

Ushbu masala yuzasidan fuqaro Marhamat tumani hokimligiga murojaat qilgan va ularning ko‘magida masala Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudida ko‘rib chiqilgan. Sud Nurmuhammad To‘ychiyevning manfaati qondirilishi bo‘yicha qaror chiqargan. U dunyoga kelganidan 19 yil o‘tib, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomani olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing