Andijonga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyati prokurori lavozimiga Murodulla Tog‘ayevich Abduhakimov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Murodulla Abduhakimov 1981 yilda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar (2020 yildan buyon) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ma’rufxon Xo‘jayev “Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangandi. Shu oyda adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Toyirjonovich Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Sentyabrda esa adliya katta maslahatchisi Isroil Adhamov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

prokuror Andijon Murodulla Abduhakimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made