Andijondagi “zapravka”larda mashinalarning chiroqlari o‘g‘irlab ketildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi gaz quyish shoxobchasiga navbatga qo‘yib ketilgan mashinalarning yoritish chiroqlari va ayrim qismlari tunda o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Mazkur holat Andijon viloyati IIB tomonidan nazoratga olinib, hozirda Shahrihon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi qayd etilgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing