Andijondagi tug‘uruqxonada 21 yoshli ona o‘zini osdi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi 1 yil avval turmush qurgan 21 yoshli ona tug‘ruqxonada o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi QALAMPIR.UZ nashriga xabar qildi.

Qayd etilishicha, Andijon shahar prokuraturasi tomonidan A. O. Andijon viloyati perinatal markazida joylashgan binoning yer to‘lasiga kirish qismi to‘siniga, arqondan yasalgan sirtmoqqa o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, 2020 yilning 07 iyun kuni soat 01:15 larda Jalaquduq tumani, Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini, Sano ko‘chasi 8 uyda yashagan, 05.03.1999 yilda tug‘ilgan A. O. Toshkent ko‘chasidagi Andijon viloyati perinatal markazida joylashgan binoning yer to‘lasiga kirish qismi to‘siniga, arqondan yasalgan sirtmoqqa o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan holatda topilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida marhuma A. O. 2019 yil 19 iyulda A. B. bilan turmush qurgan. 2020 yil 2 iyun kuni O.A. soat 18:40 da "homiladorlik I, tug‘ruq I, 39 hafta, og‘ir preklampitsiya homilani dumba bilan kelishi" tashxisi bilan perinatal markazning 2-akusherlik tug‘ruq bo‘limiga qabul qilingan. Shu kuni soat 20:25 da ayol kesar kesish tashrixi yo‘li bilan o‘g‘il jinsli 3005 gramm vaznda tirik chaqaloqni dunyoga keltirgan. Ayol tashrixdan so‘ng 1 sutka davomida markazning jonlantirish bo‘limining intensiv palatasida saqlangan va 3 iyun kuni 2-akusherlikning chilla bo‘limi 10-palatasiga ko‘chirilgan.

Shifokorlar tomonidan unga nisbatan shafqatsiz yoki qadr qimmatini kamsituvchi holatlar aniqlanmagan. Ma’lum qilinishicha, oxirgi vaqtlarda ruhiyatida o‘zgarishlar kuzatilganligi, palatadagi bemorlar uni ko‘p vaqt davomida bir nuqtaga tikilib qolishi, tunda turib, narsalarini yoyib olib, qarab o‘tirganligini ko‘rishganligi, 2020 yilning 7 iyun kuni yuvinib, taranib, kiyimlarini almashtirib, o‘z joniga qasd qilganligi aniqlangan.

O.A.ning turmush o‘rtog‘i B.A. otasi M.S. onasi B.I. qaynonasi N.A. shuningdek bir qator tanishlardan tushuntirish xatlari olingan. Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, komission sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.

Ish bo‘yicha ahamiyatli bo‘lgan holatlari aniqlashtirish yuzasidan Andijon shahar Ichki ishlar organi Fuqaroviy masalalar bo‘limiga alohida topshiriq yuborildi.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon tug'ruqxona o'z joniga qasd qilish

Baholaganlar

2001

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing