Andijondagi toshqinda qancha xonadon zarar ko‘rgani aytildi
Jamiyat
−
08 may 2025 9242 1 daqiqa
Avvalroq, Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida “Sarvontepa” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘oqlarining biriga shikast yetgani oqibatida ko‘chalarni suv bosgani haqida xabar berilgan edi. Toshqinda 560 ta xonadon talofat ko‘rgan. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida ushbu “Sarvontepa” MFYda joylashgan bir nechta xonadonlarga suv kirgan.
FVVga ko‘ra, hozirda texnikalar yordamida suv oqimini pasaytirish va kirgan suvlarni chiqarib tashlash ishlari olib borilmoqda.
Bildirilishicha, vaziyat to‘liq nazoratga olingan, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Live
Barchasi