Andijondagi toshqin sababi aytildi
Jamiyat
−
08 may 13112 1 daqiqa
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida sodir bo‘lgan suv toshqiniga Janubiy Farg‘ona kanalida qo‘shimcha GES qurilishi vaqtida kanalga ortiqcha suv tashlangani sabab bo‘lgan. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, suv sarfi taxminan 15 metr kub/sekundni tashkil etgan.
FVV ga ko‘ra, 100 taga yaqin xonadonlarga suv kirgan. Shundan 30 xonadonni ichiga, 70 ta xonadonni tomorqasiga suv kirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida “Sarvontepa” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘oqlarining biriga shikast yetgani oqibatida ko‘chalarni suv bosgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr