Andijondagi mehmonxonada yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Xonobod shahrida joylashgan mehmonxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 1 mart kuni soat 16:26 da Xonobod shahri “Xontog‘” mahallasidagi “Xontog‘” mehmonxonasining ikkinchi qavatida joylashgan kafeda yong‘in chiqqan. Yong‘in oqibatida kafening 60 metr kvadrat maydon qismidagi shift, tom qismi va jihozlari yongan.

Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta o‘t o‘chirish ekipaji soat 16:32 da hodisa joyiga yetib borgan va olov soat 16:45 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida binoning 50 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.

“Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarari aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing