Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 3 kishi shifoxonaga yotqizilgan
Jamiyat
−
10 dekabr 2020
4812Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portlaganligi haqida xabarlar tarqalgan. Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xonadondagi 3 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, 2020 yil 9 dekabr kuni soat 01:00 larda Andijon shahar Qo‘shariq daxasida joylashgan qo‘p qavatli uyning xonadonida tabbiy gaz to‘planib qolgan. Ushbu xonadonda yashovchi ayol D.M. elektr chiroqni yoqib yuborishi oqibatida portlash kelib chiqqan. Yashash uyining taxminan 30 kvadrat metr qismi yonib, zararlangan.
Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgach, yong‘in xavfsizligi xodimlari hodisa joyiga yetib borgan va soat 01:16 da yong‘in bartaraf etilgan.Chaqnash oqibatida turli darajadagi kuyish tan jarohatlarini olgan xonadondagi 3 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergov qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
LiveBarchasi