Andijondagi xonadonlarning biriga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
26 Dekabr 2024 8113 1 daqiqa
Bugun, 26 dekabr kuni Andijon viloyatidagi xonadonlarning birida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:32 da Andijon shahar “Islomobod” MFY Mirpo‘stin ko‘chasida joylashgan fuqaro I.T.ning yashash uyida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Soat 11:37 da aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan va soat 12:13 da sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida yashash uyining 120 m kvadrat maydonida shift tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.
“Yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahridagi salidor va litol ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr