Andijondagi ikkita tumanga yangi hokimlar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 9 sentyabr kuni Andijon viloyatining Xo‘jaobod va Asaka tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimiga Zohidjon Zokirjonovich Ahmadaliyev tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Zohidjon Axmadaliyev avval Andijon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Otabek Abduqaxorovich Rasulov Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari Sessiyaning qaroriga muvofiq egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Avvalroq, viloyatninig Asaka tumaniga hokimi lavozimiga Mansurbek Mamasidiqovich Alixonov tayinlangandi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing