Andijondagi “dom”larning biridan yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning biridan yong‘in chiqdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 5 mart kuni Andijon shahar birinchi kichik dahada joylashgan ko‘p qavatli uyning tomida yong‘in chiqqanligi aniqlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan yoki vafot etganlar yo‘q.

Hodisa joyiga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, o‘t o‘chirish guruhi tomonidan yong‘in 50 daqiqada bartaraf etilgan.

O‘t ketishi oqibatida uyning taxminan 250 kvadrat metr maydonida tom qismi yonib zararlangan. Tomni 300 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

“Yetkazilgan moddiy zarar va yong‘inning sababi o‘rganilmoqda. Ayni damda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hududda bo‘lib, holatni o‘z nazoratiga oldi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing