Andijondagi dala maydonida bir yigit va qizni chaqmoq urdi
3-sahifa
−
20 iyun 2023
17833Andijon viloyatida chaqmoq urishi oqibatida 17 yosh bola vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Andijon viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Keltirilishicha, voqea kecha, 19 iyun kuni soat 8:00 larda viloyatning Paxtaobod tumanidagi fermer xo‘jaligi dala maydonida yuz bergan. Dala maydonda ishlayotgan 2006 yilda tug‘ilgan bola va 2008 yilda tug‘ilgan bir qizni chaqmoq urgan. Bola voqea joyida vafot etgan, qiz shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda qizning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.
LiveBarchasi