Andijondagi dahshatli YTH oqibatida 41 kishi jarohatlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Andijonda o‘nga yaqin mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 41 nafar shaxs jarohatlangan, 3 fuqaro vafot etgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

“Bugun, 26 noyabr kuni soat 8:10 da Toshkent–O‘sh–Andijon avtomagistralida Isuzu avtobusi va Fura yuk mashinasi to‘qnashib ketgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 38 nafar yo‘lovchi turli xil jarohatlar bilan Bo‘ston tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga olib kelingan. Ularning holati Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratiga olingan.

Bemorlarning 3 nafarida ushbu  ixtisoslashgan brigadalar tomonidan jarrohlik amaliyoti bajirilgan. Jarohat og‘irligiga ko‘ra, Bo‘stondan 17 nafar bemor Shahrixondagi qo‘shma shikastlanishlar markaziga, 10 nafar fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga “Tez yordam” mashinalari orqali yetkazilgan. 

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda ularga Toshkentdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori D.To‘laganov boshchiligida voqea joyiga tezkor yetib borgan brigadalar tomonidan tegishli davolash standartlari asosida chuqurlashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hozirda Bo‘ston tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida 11 nafar bemor davolanayotgan bo‘lib, ulardan 3 nafarida jarrohlik operatsiyalari o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

728

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing