Andijondagi bozor yaqinida yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
06 fevral 1515 1 daqiqa
Bugun, 6 fevral kuni Andijon shahar Nayman ko‘chasi hududida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli bo‘lgan oziq-ovqat saqlash omborida (bozor hududida bo‘lmagan) yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:06 da FVBga yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan joyga soat 13:13 da yetib borgan va sodir bo‘lgan yong‘in soat 13:36 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida oziq-ovqat saqlash omborining 75 kvadrat metr maydonda shift tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari yonib zararlangan.
Yong‘indan 800 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda “dom” yonib ketgan edi.
Live
Barchasi