Andijondagi binoning qurilishi tugamasdan devorlari buzilib ketdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida qurilishi yakunlanmagan bino buzilib ketgani aytilgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ob’ektning qurilish ishlari 2022 yil mart oyida boshlangan. Nazorat tadbirlari davomida fuqaro I.Usmonov tegishli shaharsozlik hujjatlarisiz, inspeksiyani xabardor qilmasdan, ob’ektda qo‘shimcha 2 qavat (4-5 qavat) qo‘shib, qurilish ishlarini amalga oshirgan.

Holat bo‘yicha fuqaro I.Usmonovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy chora qo‘llanilgan.

Qurilish ishlari davomida ishchilar tomonidan temir-beton plitalar ustiga me’yordan ortiq qurilish materiallari yuklangani hamda yuklarni avtokranda tushirish jarayonida dinamik qo‘yish hosil bo‘lishi sabab bino devorlari buzilgan.

Inspeksiya ob’ektning 4 va 5-qavatlarini fuqaro I.Usmonov tomonidan texnik xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etgan holda buzib (demontaj) olishi kerakligi tushuntirilgan, binoning 5-qavati demontaj qilingan.

“Hozirda I.Usmonovning moliyaviy muammolari sabab binoning 4-qavatini buzish va qurilish ishlarini davom ettirish vaqtincha to‘xtatilgan. Ob’ektning demontaj ishlarini bajarish va qurilishni davom ettirish inspeksiya tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing