Andijonda yuz bergan yong‘inda uy egasining 3 farzandi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Andijondagi xonadonda yong‘in yuz berib, uy egasining uch nafar farzandi yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yong‘in 22 dekabr kuni soat 19:15 da “Dalvarzin” MFY, S.Abdulla 5-tor ko‘chasidagi uyda yuz bergan. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:19 da yetib borib, soat 19:22 da yong‘in o‘rab olinib, 19:32 da o‘chirilgan.

Yong‘in o‘chirish vaqtida 1982 yilda tug‘ilgan uy egasining farzandlari – 2007 yilda tug‘ilgan Sh.R., 2009 yilda tug‘ilgan Sh.R., 2017 yilda tug‘ilgan Sh.M.ning 100 foiz kuygan holda jasadi topilgan.

Hodisa oqibatida uyning 70 kvadrat metr maydonda shift, tom qismi va uy jihozlari yongan. Uyning 180 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Ayni paytda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made