Andijonda yo‘lda to‘xtatilgan mashinalardan 2,5 kg “gashish” topildi (video)
3-sahifa
−
19 iyun 2430 1 daqiqa
Andijonda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qariyb 2,5 kg “gashish” moddasi musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Asaka tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Lacetti rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv jarayonida avtomashinada bo‘lgan Namangan va Marg‘ilon shaharlarida yashovchi, 1970, 1981 va 1984 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaroga tegishli 2 kg “gashish” moddasi borligi aniqlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, Marhamat tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Quva shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinadan 497 gr “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan qariyb 4 kg “gashish” musodara qilingan edi.
Live
Barchasi