Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Andijon viloyati Xonobod shahrida “GAZ-53” rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6 fevral kuni Xonobod shahar “Anhor” mahallasi Qoradaryo ko‘chasida “GAZ-53” rusumli avtomashina xarakatlanib ketayotgan vaqtida yong‘in chiqqan. Holat bo‘yicha  Andijon viloyati FVB dispetcherlik qismiga soat 21:05 da xabar kelib tushgan.

Chaqiruvga ko‘ra, voqea joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipaji borib, yong‘in batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida avtomashinaning motor va salon qismi yongan.

“Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda. Jarohat olgan va halok bo‘lganlar qayd etilmadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 fevral kuni A-373 avtomobil yo‘lining 227 - kilometrida “Toshkent - Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Mercedes-Benz” rusumli yuk mashinasida yong‘in yuzaga kelgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing