Andijonda YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 1 avgust kuni Andijon viloyatida Nexia va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea Baliqchi tumani hududidan o‘tgan 4R-112 avtomobil yo‘lining 104-105 kilometrlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1963 yilda tug‘ilgan T.A. o‘zining Nexia-2 rusumli transport vositasini tuman markazi tomonidan boshqarib kelib (tuman sud oldi, tartibga solingan chorraha) asosiy yo‘ldan kelayotgan Zil-130 yuk avtomashinasini o‘tkazib yubormasdan, chap tarafga burilish uchun keskin harakatlangan. Zil-130 avtomashinasi haydovchisi tormoz bosishga ulgurmasdan Nexia-2 avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH oqibatida Nexia-2 haydovchisi tuman shifoxonasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohati tufayli vafot etgan.

“Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon haydovchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing