Andijonda to‘y oldidan mudhish jinoyat sodir etildi
3-sahifa
−
09 noyabr 2021
43861Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 2003 va 1996 yilda tug‘ilgan ikki yigit qiz sababli o‘zaro janjallashib qolgani haqida xabar tarqaldi. Unda unashtirilgan qizi 2003 yilda tug‘ilgan yigit bilan oldin ham, unashtiruvdan keyin ham uchrashib yurganini bilgan 26 yoshli yigit, o‘sha bolani urib, kanalga tashlab yuborgani aytilgandi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Bosh prokuraturasi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Joriy yilning 5 noyabr kuni L.Z. yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Mazkur holatda L.Z. qotillik qurboni bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, ushbu vaziyatda kelgusida tergov yo‘li bilan tekshirib, aniqlik kiritish maqsadida joriy yilning 7 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish bilan bir qatorda, bedarak yo‘qolgan L.Z.ni topish yuzasidan barcha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tergov natijasi yuzasidan qo‘shimcha xabar qilinadi.
LiveBarchasi