Andijonda yana tadbirkor o‘zini osib qo‘ydi 

3-sahifa

image

Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida tadbirkor maktab sport zalida o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kecha,  20 avgust kuni Ulug‘nor tumani “Bobur” MFY Furqat ko‘chasida yashagan fuqaro V.A. Jalaquduq tumanidagi 29-sonli maktab sport zalida o‘zini osib o‘z joniga qasd qilgan. 

Marhumning tanasi sud-tibbiy ekspertizasi byurosi ekspertlari ishtirokida ko‘zdan kechirilganida uning badanida bo‘ynidagi osilishdan qolgan strangulyatsion egat ko‘rinishidagi izlardan tashqari biron-bir tan jarohatlar aniqlanmagan.

Hozirda marhumning o‘z joniga qasd qilgani sabablarini aniqlash yuzasidan Jalaquduq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, natijalari haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

Aytish joizki, Andijonda yoz davomida ketma-ket 3 nafar tadbirkor o‘z joniga qasd qildi. 

Xususan, joriy yilning 23 iyun kuni Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida tadbirkor o‘zini daraxtga osdi, 25 iyul kuni esa Shahrixon tumanida 45 yoshli tadbirkor o‘z joniga qasd qilib, vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1032

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing