Andijonda voyaga yetmagan bolalar suvda cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Andijonda viloyat hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda ikki nafar voyaga yetmagan fuqaroning jasadi topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 iyun kuni Oltinko‘l tumani “Andijon” MFY Daryobo‘yi ko‘chasida yashagan 2010 yilda tug‘ilgan T.N. hamda shu ko‘chada yashagan 2011 yilda tug‘ilgan S.A.lar suvda oqib ketgani ma’lum bo‘lgan. Bir kun o‘tib ayni shu hududdan faqatgina T.N.ning jasadi topilgan.

“Hozirda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv otryadi qidiruv guruhi tomonidan suvda S.A. jasadining qidiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘quvchi qiz rasmga tushayotganda daryoga tushib ketib, vafot etgan edi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing