Andijonda “Volga” kanalga tushib ketdi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatida “Volga” rusumli avtomobil Farg‘ona kanalining Oltinko‘l tumani hududidan o‘tgan qismiga tushib ketdi. Hozircha haydovchining taqdiri noma’lum. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 9 aprel kuni soat 11:48 da Andijon viloyati FVBga Katta Farg‘ona kanalining Oltinko‘l tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismiga haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida “Volga” rusumli avtomobil tushib ketgani haqida xabar tushgan.

Xabarga asosan zudlik bilan Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga etib borgan va avtomobil kanaldan olib chiqilgan. FVB xabarida avtomobil haydovchisining ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Asaka tumanida tormozi ishlamay qolgan “ZIL” yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketgandi. Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuk transport vositasining haydovchisi olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Boshqa fuqarolarga zarar yetmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon kanal Volga Farg'ona kanali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing