Andijonda uy yonib kul bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
03 dekabr 2025 11520 1 daqiqa
Kecha, 2 dekabr kuni Andijon viloyatining Andijon tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 22:33 da “Kurama” MFY, Serfayz ko‘chasida joylashgan aholi yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:44 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:49 da o‘rab olingan va soat 23:30 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida yashash uyining shift, tom qismi va uy ro‘zg‘or buyumlari zararlangan.
Bildirilishicha, yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqqandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025