Andijonda uy mashina bilan birga yonib ketdi

3-sahifa

image

Andijonda uy va uy ichidagi mashina yonib ketdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Bugun, 13 yanvar kuni soat 06:18 da Andijon tumani “Dehqon” mahallasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani bo‘yicha tuman Favqulodda bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 06:33 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 06:55 da bartaraf etilgan.  

Yong‘in oqibatida xonadonning 50 kvadrat metr maydonida shift, tom qismi va uy jihozlari hamda Damas avtomobili yonib zararlangan. Yong‘indan uyning 120 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. 

Hodisada tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Andijondagi xonadonda yong‘in yuz berib, uy egasining uch nafar farzandi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar