Andijonda o‘nga yaqin avtomobil ishtirokida yirik YTH yuz berdi
3-sahifa
−
19 dekabr 2022 8854 1 daqiqa
Andijonda 10 ga yaqin mashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa bugun, 19 dekabr kuni Andijon viloyati Asaka tumani hududidan o‘tgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘lning 420 kilometrida sodir bo‘lgan. Unda 8 ta avtomobil to‘qnashuvi qayd etilgan. YTHga quyuq tuman tushishi hamda yo‘l muzlagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida fuqarolar tan jarohati olmagan. Biroq, avtotransport vositalari texnik shikastlangan.
Hozirda Asaka tumani yo‘l xarakati xavfsizligi guruhi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi28 mart
28 mart