Andijonda o‘gay ona qizining barmoqlarini sindirib, badaniga pichoq tiqdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda o‘gay ona voyaga yetmagan qizining barmoqlarini sindirib, badaniga pichoq va qaychilarni tiqib, kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 may kuni Oltinko‘l tumani “Ganjiravon” MFYda yashovchi 2011 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan I.H.ga o‘gay onasi X.M. tan jarohati yetkazgan. 

Shundan so‘ng, qiz bobosi X.I. hamda buvisi I.S.lar istiqomat qilayotgan uyga qochib kelgan. Ularga bo‘lgan voqeani aytib bergan va shu mahalladagi uyda yashovchi (vafot etgan onasining ota-onasi), Q.A. hamda buvisi Q.Z.larning yashash xonadoniga olib borib qo‘yishlarini iltimos qilgan. 

Mazkur xonadonga borganda qizning xolasi R.Z. jiyani H.I.ga nisbatan yetkazilgan tan jarohatlarini tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Kecha, 27 may kuni esa voyaga yetmagan X.I.dagi tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

750

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing