Andijonda tuman MTB o‘zini osgan tadbirkorning haqini yeganmi? Vazirlik munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida tadbirkor o‘zini daraxtga osib, joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik. Uning singlisi murojaat bilan chiqib, tuman Maktabgacha ta’lim boshqamasi akasining korxonasi ko‘rsatgan xizmat haqini to‘lamaganini aytgandi. Ushbu holat yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirligi qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro N.S o‘z joniga qasd qilgan akasi N.S. oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib bergan Bo‘ston tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbar va mutasaddi xodimlari faoliyatidan norozi bo‘lib videomurojaat orqali shikoyat qilgan. Mazkur holat Maktabgacha ta’lim vazirligining tegishli mutaxassislari tomonidan o‘rganilgan. 

Aniqlanishicha, tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi hamda “Bo‘z Iqbol chorvasi” MCHJ o‘rtasida 925,6 million so‘mga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan va bo‘lim tomonidan MCHJ hisobiga kelishilgan summa o‘tkazib berilganligi ma’lum bo‘lgan.

Ishchi guruh tomonidan aniqlangan ma’lumotlar, Andijon viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasining joriy yilning 22 iyuldagi xati bilan Bo‘ston tuman prokuraturasiga huquqiy baho berish va surishtiruv ishlarini olib borish maqsadida hamda murojaatchining yashash manziliga yuborilgan.

“Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tuzilgan shartnomalarni qonuniyligi va ta’minotchi korxona bilan maktabgacha ta’lim bo‘limi o‘rtasidagi to‘lov munosabatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

Ammo, o‘rganish va tergov jarayonlari tugatilmasidan marhumning qarindoshlari tomonidan turli video murojaatlar tarqalmoqda.

Hurmatli jurnalist va blogerlar holatga huquqiy baho berilmaguniga qadar xulosa chiqarmaylik, dalillarga asoslangan ma’lumotlarni ommaga tarqatish masalasida ehtiyot bo‘laylik”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 iyun kuni “Bo‘z Iqbol chorvasi” MCHJ rahbari N.S. Bo‘ston tumanidagi “Buyuk turon chorvasi” fermer xo‘jaligi dala maydonidagi daraxtga arqon bilan o‘zini osib, vafot etgan. 

Shuningdek, marhum rahbarlik qilgan “Bo‘z Iqbol chorvasi” MCHJ tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlarining pullari to‘lab berilmagani haqidagi murojaati Bo‘ston tuman prokuraturasi tomonidan mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqilayotgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

622

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing