Andijonda tuman qurilish bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Buloqboshi tuman qurilish bo‘limi mutaxassisi firibgarlik ustida ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buloqboshi tuman qurilish bo‘limi mutaxassisi Z.U. fuqaro T.S. ga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi qurish uchun ajratilgan 8 sotix yer maydonining 6 sotixini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali turar joy toifasiga o‘zgartirib berish evaziga 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing