Andijonda transformator yonishi oqibatida 380 ga yaqin aholi elektrsiz qoldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi transformator punktida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida video tarqaldi. Holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat kecha, 25 dekabr kuni Andijon shahar 2-kichik dahada joylashgan 155-sonli transformator punktida sodir bo‘lgan. Nosoz transformator zahiradagi transformatorga almashtirilayotganda unda qisqa tutashuv yuz bergan. 

Buning oqibatida 6 ta ko‘p qavatli uyda yashovchi 380 ga yaqin aholi elektr ta’minotidan uzilgan. Hozirda tezkor chiqish brigadasi tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda.

“Tez fursat ichida ushbu hududda yashovchi aholi xonadonlarining elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing