Andijonda transformator ichiga kirgan qizchani tok urdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida transformator ichiga kirgan 4 yoshli qizchani tok urgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ Andijon hududiy filiali munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 13 iyul kuni Andijon tumanidagi Yangi Andijon shaharchasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasida joylashgan 35/04 kV kuchlanishli quvvati 1000 kVA bo‘lgan 161-sonli transformator punktida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.

Aynan shu vaqtda yosh qizchaning mushugi to‘satdan pastga tushib, eshik tirqishidan yerto‘laga kirgan. Mushuk ishlab turgan katta kuchlanish ostida bo‘lgan transformator punktiga kirib qolishi oqibatida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Chaqnash vaqtida mushugini eshik ortidan poylab turgan qizaloq yuz qismidan kuyish tan jarohatini olgan. Shundan so‘ng, qizaloqqa birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga olib borilgan. Bildirilishicha, hozirda qizchaning ahvoli yaxshi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi Poytug‘ bekatida begona fuqarolardan biri temiryo‘l stansiyasi hududiga kirib, ikkinchi yo‘lda bo‘sh turgan sisternaga chiqib olgani sabab uni tok urgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon transformator

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing