Andijonda talonchilikda gumonlangan shaxs qidiruvga berildi
3-sahifa
−
20 may
6722Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan Furqat Mo‘ydinovich To‘ychiyev qidirilmoqda. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Furqat To‘ychiyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yashirinib yuribdi.
IIB fuqarolardan yuqoridagi shaxs to‘g‘risida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsa, zudlik bilan “102” yoki +998743421002, +998743422-02, +998933727788 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishi so‘ralgan. Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi to‘liq kafolatlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida uy uchun to‘lovlarni olib qochib yurgan shaxslar qidiruvga berilgan edi.
LiveBarchasi