Andijonda Spark bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketdi
3-sahifa
−
24 Oktabr 2022
8747Kecha, 23 oktyabr kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida Spark bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Yo‘l-transport hodisasi soat 17:30 larda Shahrixon tumani “Qo‘rg‘oncha” MFY hududidan o‘tgan, A-373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 402 km.da yuz bergan. Spark va Cobalt bir-biri bilan to‘qnashgan. So‘ng Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan hamda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan boshqa bir Cobalt rusumli avtomobiliga borib urilgan.
Oqibatda kelib urilgan Cobalt rusumli avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.
YTH oqibatida kelib urilgan Cobalt rusumli avtomobil yo‘lovchisi turli darajada tan jarohatlari olib, tuman SHTTYOBga yuborilgan.
Hodisa oqibatida xalok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
LiveBarchasi