Andijonda soliq inspektori firibgarlik ustida ushlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Buloqboshi tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori firibgarlik jinoyati ustida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va DSQning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Unda Buloqboshi tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori M.X. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro A.ning otasiga tegishli 0,33 gektar noturar yer maydonining soliq qarzdorligi mavjud bo‘lmasa-da, ushbu yer maydoni bo‘yicha 30 mln so‘m soliq qarzdorligi borligini aytib, ushbu qarzdorlikni bartaraf qilib berishi evaziga 15 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

339

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing