Andijonda soxta 8700 dollarni 3520 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Xonobod shahrida qo‘shni davlat fuqarosiga qalbaki pullarni haqiqiy 3 520 dollarga sotishga urungan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, qalbaki valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qo‘yish maqsadida o‘tkazilgan tadbir davomida Qirg‘iziston fuqarosi shartli xaridorga qalbaki 8 700 AQSH dollarini haqiqiy 3 520 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu qalbaki valyuta qimmatliklari fuqaro tomonidan Qirg‘iziston Respublikasidan noqonuniy tarzda olib kirilgani ma’lum bo‘lgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda qalbaki pul sotgan o‘zbekistonlik ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon qalbaki pul Bojxona qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing