Andijonda sobiq hokim yordamchisi o‘z joniga qasd qildi
3-sahifa
−
13 may 2022
12264Andijon viloyati Marhamat tuman hokimining sobiq yordamchisi yashash uyidagi molxonasiga o‘zini osib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16 aprel kuni soat 16:15 larda 37 yoshli Marhamat tumani "Polvontosh" MFYning tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha sobiq hokim yordamchisi F.M. o‘zining yashash xonadonidagi molxonaning to‘siniga arqondan sirtmoq yasab, unga o‘zini-o‘zi osib vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan davom etayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida F.M.ga nisbatan biron shaxs tomonidan muttasil ravishda tazyiq o‘tkazish, haqorat qilish va boshqa noqonuniy harakatlar sodir etilmaganligi ma’lum bo‘lgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining joriy yilning 5 maydagi 171-sonli xulosasida F.M.ning o‘limiga bo‘yin sohasi a’zolarini sirtmoq bilan qisilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya, bo‘yin sohasidagi keng, ochiq strangulyatsion egat mavjudligi, bo‘yin yumshoq to‘qimalariga qon quyilishi, o‘pkani vitseral plevra varaqlari va yurakni epikard ostiga qon quyilishlari, o‘tkir holda yurak qon tomir hamda nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom ettirilmoqda. Natijasi haqida qo‘shimcha ravishda axborot taqdim etilishi ta’minlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, F.M. joriy yilning 11 yanvaridan 1 apreliga qadar "Polvontosh" MFYning tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi