Andijonda sobiq hokim yordamchisi o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi
3-sahifa
−
05 iyul 2022
8139Xabaringiz bor, Andijon viloyati Marhamat tuman hokimining sobiq yordamchisi yashash uyidagi molxonasiga o‘zini osib, vafot etgandi. Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi qo‘shimcha ma’lumot berdi.
“Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, sobiq hokim yordamchisi F.A.ning badanida bo‘ynidagi osilishdan qolgan strangulyatsion egat ko‘rinishidagi izlardan tashqari biron-bir tan jaroxatlar aniqlanmagan.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida fuqaro F.A. ning o‘z joniga qasd qilganligi holatida o‘zga shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli, tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 aprel kuni soat 16:15 larda 37 yoshli Marhamat tumani "Polvontosh" MFYning tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha sobiq hokim yordamchisi F.M. o‘zining yashash xonadonidagi molxonaning to‘siniga arqondan sirtmoq yasab, unga o‘zini-o‘zi osib vafot etgan.
Ma’lumot o‘rnida, F.M. joriy yilning 11 yanvaridan 1 apreliga qadar "Polvontosh" MFYning tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi