Andijonda psixotrop sotuvchi ayol ushlandi
3-sahifa
−
11:17 1418 2 daqiqa
Andijon viloyatining Andijon shahrida psixotrop sotib kelgan ayol ushlandi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1996 yilda tug‘ilgan Andijon shahrida yashovchi ayol xolis xaridorga bir dona “Tropikamid” va 2 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 460 ming so‘mga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ayol ushbu dori vositalarini 1997 yilda tug‘ilgan erkak tanishidan olganligini va hozirgi kunda erkak ushbu dori vositalarini qo‘shnisi 2003 yilda tug‘ilgan boshqa bir ayolning xonadonida saqlab kelayotganligini aytgan. Shunga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, 2003 yilda tug‘ilgan ayolning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, haqiqatdan ham bu joyda 1997 yilda tug‘ilgan erkakka tegishli bo‘lgan 362 dona “Tropikamid”, 1035 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yil 1 martdan boshlangan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlari natijasida 907 ta jinoyat fosh etilib, 144 nafar shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi