Andijonda prokuror o‘rinbosari va tergovchi qamaldi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida pora evaziga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan shaxsni ochiqqa chiqarib berishni va’da qilgan Asaka tuman prokurorining o‘rinbosari hamda tuman prokuraturasi tergovchisiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, prokuror o‘rinbosari S.X. tergovchi X.A. bilan oldindan til biriktirib, fuqarolar – F.R., O‘.A. hamda A.A.ning ishonchiga kirib, A.A.ning akasi B.A.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha smeta hujjatlarida nazarda tutilmagan ortiqcha bajarilgan qurilish ta’mirlash ish turlarini dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan 2,5 mlrd so‘m zarar hisobiga olish hamda B.A.ga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini 15 ming AQSH dollari evaziga o‘zgartirib, uni ochiqqa chiqarib berishni aytib aldagan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan sudda sudlanuvchi S.X. aybiga iqrorlik bildirmay, 2022 yil 30 noyabrdan 2024 yil 23 yanvarga qadarli Asaka tuman prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab, 2023 yil 18 dekabrdan 2024 yil 22 yanvargacha mehnat ta’tilida bo‘lib, o‘z arizasiga asosan ishdan bo‘shaganini aytgan.

Sud sobiq prokuror o‘rinbosari S.X.ni Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 28-moddasi (Jinoyat ishtirokchilarining turlari) 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismining “a” bandi hamda 211-moddasi ( Pora berish) 3-qismining “a” bandi bilan aybli deb topib, unga ish haqining 20 foiz miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi, shuningdek, uzil-kesil 2 yil muddatga huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

Bundan tashqari, sud hukmi bilan tuman prokuraturasi sobiq tergovchisi X.A. yuqoridagi moddalar bilan 2 yil muddatga huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Andijon tergovchi prokuror o'rinbosari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing