Andijonda prokuratura xodimi pora bilan ushlangan. Biroq $30 ming bilan emas
Jamiyat
−
13 noyabr 2021
19534Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 30 ming dollar pora bilan ushlangani haqida xabarlar tarqalayotgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi viloyat prokuraturasidagi korrupsion holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, kecha, 12 noyabr kuni taxminan soat 23:00 larda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati prokuraturasi xodimi pora olgan vaqtida ushlangan. Biroq xodim dastlab aytilganidek 30 ming dollar emas, 15 000 AKSH dollari bilan ushlangan.
Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi