Andijonda “prava”siz haydovchi “GAI”dan qochib, YTHga uchradi
3-sahifa
−
28 may 6023 2 daqiqa
Joriy yilning 26 may kuni Andijon viloyatining Andijon tumanida Nexia-2 haydovchisi yo‘l-patrul xizmati xodimlaridan qochishga urinib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat 26 may kuni soat 14:00 da Andijon tumani Yangi Asaka yo‘li hududida sodir bo‘lgan. Hududda xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan Nexia-2’ga hujjatlarini tekshirish maqsadida to‘xtash ishorasi berilgan.
Haydovchi – 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan mashinani Asaka tumani hududi tomon haydab ketgan. Shuningdek, haydovchi “Ko‘rkam” MFY hududida xizmat olib borayotgan bir nechta JTSB hamda YPX inspektorlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan harakatlanib ketayotgan vaqtida ichki ko‘chadan asosiy yo‘lga keskin chiqib yuborishi oqibatida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Labo va Captiva bilan to‘qnashib ketgan.
Shundan so‘ng haydovchi voqea joyidan qochib ketgan. Xodimlar ushbu transport vositasini kuzatib borib, Asaka tumani “Humo” MFY hududida to‘sib ushlagan. Ushbu transport vositasi hamda haydovchining yoni ikki nafar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu transport vositasining salonida o‘tkir tig‘li jism (pichoq) borligi hamda haydovchi tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqargani aniqlangan.
Viloyat YHXBga ko‘ra, sodir etilgan yo‘l-transport hodisasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, transport vositalari texnik shikastlangan. Holat yuzasidan Asaka tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 288-moddasi (ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddatlari) tartibida tuman IIBning vaqtinchalik ushlab turish hibsxonasiga joylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Cobalt rusumli mashina haydovchisi yo‘l-patrul xizmati xodimining talablariga bo‘ysunmay, uni mashina eshigida sudrab ketgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr