Andijonda pedagoglarni do‘pposlaganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Andijondagi 5-maktab pedagoglari shu ta’lim muassasasida ishlovchi ayolning turmush o‘rtog‘i va uning tanishlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi va jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 8 oktyabr kuni Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro U.T. va uning 2 nafar sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozrda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 5 oktyabr kuni Andijon shahridagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagoglar kaltaklandi. Maktabda soat 13:20 da ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.O‘. hamda Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi G‘.A. tomonidan kiyinish madaniyatiga rioya qilmagan va darsga kech qolgan matematika fani o‘qituvchisi D.Yu.ga og‘zaki ogohlantirish berilganda ular o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan. Tortishuv natijasida D.Yu.  ularga turmush o‘rtog‘i bilan tahdid qilgan.

Soat 13:35 larda D.Yu. turmush o‘rtog‘i hamda uning do‘sti bilan maktabga bostirib kirib, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.O‘. hamda Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi G‘.A.larni maktab kirish qismida temir tayoq bilan do‘pposlagan. 

Shu paytda ularni ajratgan o‘qituvchilarni yomon so‘zlar bilan haqorat qilib, ularni ham do‘pposlashga uringan. Ushbu holat bo‘yicha zudlik bilan shoshilinch tez tibbiy yordamga hamda hududiy profilaktika inspektorlariga xabar berilgan. Soat 14:00da profilaktika inspektorlari voqea joyiga yetib kelgan, lekin D.Yu.ning turmush o‘rtog‘i hamda uning do‘sti hodisa sodir etilgan joydan ketib bo‘lgan.

Jabr ko‘rganlar shoshilinch tez tibbiy yordam navbatchi shifokorlari tomonidan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Andijon filialiga olib ketildi. Shifokorlar xulosasiga ko‘ra Sh.O‘. miya chayqalishi, burun sinish, yuzining o‘ng qismining ko‘zi atrofi hamda oyoqlarining tizza qismi qattiq zarbada jarohatlangani, G‘.A.ning miya chayqalishi, burun va ikki tishi sinishi, badani hamda chap qo‘lini zarbadan qattiq jarohatlangani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing