Andijonda pechga ko‘mir yoqqan er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi
3-sahifa
−
18 dekabr
3035Andijon viloyati Asaka tumanida er-xotin yashash xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechiga solingan ko‘mir yoqilg‘isidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Asaka tuman hokimligi xabar berdi.
IIB navbatchilik qismining habariga ko‘ra, 7 dekabr soat 9:20 lar atrofida Asaka tumani “Uchtosh” MFYda yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. va uning 1986 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i M.A.larning jasadi qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechiga solingan ko‘mir yoqilg‘isidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanish a’lomatlari bilan topilgan.
Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi a’zolari tomonidan ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 15 dekabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumanida kelin-kuyov noma’lum moddadan zaharlanib, vafot etgandi.
LiveBarchasi